Привет, Гость!
Chat (0) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: #синий KиT Dramma-4
Ishni ancha yaxshi tushunib oldim lav0zimim kötarildi endi bösh vaqtim ham kòp bölardi Bu vaqtlarni ...davomi
Qo'tog'ni kattalashtirish uchum MaxiSize kremi
18000 ga Qo'tog'ni turg'azuvchi tabletka aksiya
Купить рекламу 50 руб.
Библиотека | Boshqalar
1 2 >>

Robinzon Kruzo... Yakun... (turnir uchun)

Добавил:Egoiste (27.05.2016 / 01:20)
Рейтинг:rating 190019 article (0)
Прочтений:11556
Комментарии:Комментарии закрыты
-MAJNUN- vs Egoiste

Ξ Ξ Ξ Ξ Ξ Ξ Ξ

Ne köz bilan körayki, boyagi kema, bizning orol tomon suzib kelardi. Közlarimga ishongim kelmasdi. Nahotki, nahotki bu oroldan ketaman. Ketish haqida öyladimu, telbalarcha baqira boshladim:
-Exexexeee, heeeeyy...
Ovozim özimga pastdek tuyular, yanada balandroq baqirishga harakat qilardim. Jumagul ham, mening yonimda qöllarini baland kötarib, u yoqdan bu yoqqa silkitardi. Ular yaqin kelib qolishdi.
-Töxta, töxta! Bu anavi seni olib kelgan, ispanlardan emasmikan? -dedim, bir kemaga, bir Jumagulga qarab.
U bu gapimdan söng, silkitayotgan qöllarini keskin tushurdi. Menga vahima va alam közlarini qadab turdi. Kemaga sinchiklab qaray boshladim. Ancha yaqinlashgan kemaning tumshug'idagi, Irlandiya bayrog'ini kördimu, özimga keldim. Yelkamdan tog' ag'darilgandek bölib, Jumagulni boshini, ösha yelkalarimga asta bosdim. Yelkamga boshini tik holatda qöyib turgan bu sodda qiz esa, vahima bilan savollar berardi.
-Kimlar ekan Robinzon? Bizlarni ular olib ketarmikan? Bizlarni öldirishmasmikan?
-Bular döstlarimiz! Havotir olma, bizni olib ketishadi. Seni öz shaxrimga olib ketaman! Ösha yerda birga yashaymiz. Ösha yerda baxtimizga erishamiz!
-Baxt? Bu ni-ma degani?
-Ha, bu narsani keyin tushuntirib beraman. Ana, palubadan qarashmoqda!
Oq kemaning palubasidan, avval ikki, uch, keyin juda köplab odamlar körina boshladi.
-Biz bu yerdamiz!
Bu hayqiriqdan söng, irlandlardan biri, menga qöl silkitib qöydi. Yuzidan ham, ularning Irlandiyalik ekani, bilinib turardi. Özimnikidek irq vakillarini köriboq xursand böldim. Ichimda esa, kattagina umid uyg'ona boshladi. Kema narigi tarafidan, qayiqlar suzib kelayotganini kördim. Jumagul hamon yelkamga boshini qöygancha, kema tomon qarab, hayol surayotgandi. Aftidan, u nimadandir norozidek tuyulardi.
-Hoy, chehrangni ochsangchi, necha oylik niyatim ushalay deyabdiku axir!
-Ketasan-mi?
-Tentakginam, sen ham ketasan! Seni ham olib ketaman.
-Mmm... -deb, tomog'idan chiqarib xörsinib qöydi.
Qayiqlar sohilga yetib kelgach, ularga inglizlarga hos mulozamat qilib, salom-alik qildim.
-Sizlarni körganimdan hursandman!
-Ooo inglizmisiz?
-Albatta! Adashmasam Irlandiyadansizlar.
-Adashmadingiz! -ikkinchi qayiqdan, kostyum-shim kiygan bir odam tushib keldi.
U kibor ila men tomonga qadam tashlab keldi. Menga boshdan oyoq razm soldiyu, keyin chayla tarafga yura boshladi.
Atrofni sinchiklab tekshirdiyu, huddi folbinlardek, bölib ötgan ishni taxmin qilib topib qöydi. U bilan ancha gaplashdim. Ismi Roven ekan. Men ham unga boshimdan ötganlarni gapira boshladim. Qayiqlardan odamlar tushib, meni atrofimga yig'ila boshlashdi. Bu odamlar kamida ichida, "bu soch-soqoli ösib yotgan noma'lum shaxs, nimalarnidir valdirayabdi" deyayotkani aniq edi. Gaplarimdan söng, holatimni fahmlashdi. Ammo, mening nazarimda Rovenni, mendan köra köproq, orol qiziqtirayotgandek edi. U uch-tört odami bilan ichkariga, örmon ichiga kirib ketdi. Bu orada men, chaylaga menga sezdirmasdan kirib ketgan, "xotin"imni oldiga bordim. U chayla ichiga qöyilgan xarsang tosh ustida, boshini tizzasiga qöyib ötirardi. Nimalarnidir hayol qilayotgani aniq bilinib turardi.
-Nega bu yerdasan Jumagul! Nimadandur norozimisan?
U tizzasidan boshini olib, menga g'amgin termuldi. Shundagina, uning közlarida qalqib turgan yoshni payqadim.
-Nima böldi, nega yig'layabsan, gapirsangchi?!
U birdaniga mening böynimga osilib oldi. Past va mayin ovozda:
-Bugunnn ke-tamizmi?
-Ha, ha. Ketamiz!
-Orolchi?
-Orol...
Bu sözni Jumaguldan eshitganimdan söng, köz oldimga ötkan kunlar kela boshladi. Oroldagi dastlabki kunlarim, Jumagulni uchratgan kunim va hozirgi kunlarim birma-bir hayolimdan ötib borardi. Oradagi özgarish juda katta. Demak, odam har qanday sharoit va qiyinchilikka, vaqt ötgani sari, könikib borar ekan. Ayniqsa, uni yonida suyanchig'i, yöldoshi bölsa. Mening ham shunday yöldoshim bor. U Jumagul. Shu bilan ötgazgan kunlarim haqqi, uning yuragiga ham quloq tutaman. Axir u endi men uchun, oddiy bemillat qiz emas, balkida sevgan ayolim hisoblanadi. Uning sochlari ustidan silab, iyagidan ushlab, asta özimga qaratdim.
-Bu yerdan ketishni istamaysanmi?
-... -u javob tariqasida boshini menga silkitib qöydi.
Demak, u hohlamaydi! Uni xörlagan vahshiy odamlarga, umaman olganda begona odamlarga, yana bir bor ishonch bildirgisi kelmasdi. Boshqa öylash va ikkilanishning, umaman foydasi yöqligini tushundim. Yoqotishni hohlamagan beg'uborimni, lablaridan omonat bösa olib, chayladan tashqariga chiqdim. Örmonga kirganlar ham, birin-ketin qaytishayotgan ekan. Ular orasidagi boyagi Roven, sigara tutatib gap boshladi.
-Örmon ham, orol ham, unchalik katta emas. Sayohatchilar uchun arzirli joylari ham yöq. Sohil ham chömilish uchun biroz chuqurroq. Hullas, pichoqqa ilinadigan narsa yöq, -dedi, sigarasini tortib. -Hösh, endi navbat, öz yölimizga. Qani Robinzon, kemaga marhamat!
Uning dadillik bilan gapirgan gaplaridan söng, yuzimga bir kichik bir tabassum yugurtirdim.
-Fikr özgardi janoblar! Men orolda qolaman! Bu gapimdan söng, qayiqlarga chiqishga tayyorgarlik körayotgan odamlar örtasida, g'ala-g'ovur gaplar boshlandi. Birdan yuzi özgargan Roven, qölidagi sigarani qumga tashlab, ustidan bosib qöydi.
-Qaroringiz, qat'iymi Robinzon?!
-Ha!
-Nima ham derdik, biz ham sizdek dengizchilarmiz. Shunday ekan, qölimdan keladigan yordam, faqatgina omad tilash ekan.
-Albatta, sizlar uchun ham katta rahmat.
Ular asta qayiqqa joylasha boshlashdi.
-Ha aytgancha... -ular yoniga yugurib bordim.
Ular nimadur kerakligini bilib, menga savolomuz qarab qolishdi.
-Roven?
-Ha Robinzon!
-Bir sigara chakay degandim!
-Haa, hozir. -u kemadagilarga sigara haqida körsatma berdiyu, qayiqni qayirib, kema tomonga suzib ketishdi. Zum ötmay, yana bir boshqa qayiq, men tomon oqib kela boshladi. Qayiqda hech kim yöq edi. Qayiq sohil tomon, tölqinlar yordamida kelardi. Shunda boyagi Rovenning ovozi, kema tarafdan eshitildi.
-Bu qayiq sizga! Har ehtimolga qarshi! Kun kelib fikringizdan qaytganingizda, bu sizga asqotib qolar!
-Rahmat Roven!
-Körishguncha!
Kema özidan, shovqinli ovoz chiqarib, orol yaqinidan keta boshladi. Sohilga kelib töxtagan qayiqni esa, zudlik bilan arqon bilan bog'lab qöydim. Bog'lash vaqtida, ichidagi qutiga közim tushdi. Qiziqib qutini ochsam, ichi töla sigara va ikki dona chaqmoqtosh. Bundan hursand bölib, necha oydan beri tamaki tamini totmaganim tufayli, bittasini shartta yoqdim. Qum ustida sigara chakib ötirardim. Jumagul yonimga keldi, yelkamga boshini qöyib ötirib oldi. Ikki tirik jon, orolda yana bir özi yolg'izligini bilib, kayfiyatim kötarildi. Biz bir-birimizga suyanib, oq kema ortidan kuzatib qoldik...








Issiqqina badan tafti sezilib turardi. Jumagul ustimga chiqib ketgan ekan. Uning tanasi negadur kundan-kunga issiqlashib va qomati gözallashib borardi. Hozir ham, ölchami kattalashgan kökraklarini, kökraklarim ustiga qilib uhlayotgan ekan. Nozikligini tiklagan bellaridan ushlab, narigi tarafga surib qöydim. Jin ursin... Andersen qani?
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2
1 2 >>

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url Code color bg color


Комментарии
Всего: 0
На главную
waplogСмотреть лучшее порноstats24.ru-лучший топ рейтинг мобильных сайтовadultop.ruGEGTOP.RU - Топ рейтинг WAP сайтов!KatStat.ru - Топ рейтинг сайтовTOporn.su - Рейтинг порно сайтовSKYTPOP.US -  Рейтинг сайтов | Каталог сайтов