Привет, Гость!
Chat (0) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: Aka singil (köchirildi)
Bu hikoyam ko'pchilikka o'rnak bo'ladi degan umiddaman. Hikoyadagi barcha voqealar muallifning badii...davomi
Библиотека | Chimildiq (yoshlar uchun)

Faks. 2 qism

Добавил:Da (15.08.2015 / 21:07)
Рейтинг:rating 145883 article (0)
Прочтений:14338
Комментарии:Комментарии закрыты
Davomi...

Ichkaridan hech qanday javob bo'lmadi. Faqat jo'mrakdan vannaga wildirab tuwayotgan suvning tovuwigina ewitilib turardi.
- Hey! - Kamola ewikni tepdi. - Odil aka! Bu yerga cho'milgani kelganmisiz, mabodo?
Yana jimlik. Kamola ingichka terilgan qowlarini chimirib, "fuu!" deb qo'ydida, orqasiga qaytdi.
- Ochmayapti, - dedi hafsalasi pir bo'lib.
- Nega?
- Men qaydan bilay? Ana, og'ayningizning o'zidan so'rang.
Aziz o'rnidan turib, yo'lakka chiqdi. Bir ikki marta "Odil, Odil" deb ewikka urdi. Ichkariga quloq tutdi. Ewik ichkaridan berk. Vannaxonadan faqat suvning wildirawi ewitilardi.
- Qiziq-ku! - yelkasi owa Kamolaga qarab qo'ydi Aziz beixtiyor ko'ngliga xavotirlik oraladi. - Pichoqmi, otvyortkami, olib kelingchi!
Kamola owxonaga kirib, katta pichoq ko'tarib keldi. Aziz pichoq bilan ewik qulfini ochiwga urindi, bo'lmadi. Jahl bilan ewikni tepdi.
- Bo'ldi, Odil! - burilib. - jinnilik qilma! Kim senga araq ich, dedi. Och ewikni!
Ichkaridan yana javob bo'lmadi.
- Bowqa biror nima olib keling, - dedi Aziz Kamolaga qarab.
- Tezroq!
Kamola go'wt chopadigan owpichoqni olib chiqib, qo'rqa-pisa Azizga uzatdi.
- Tinchlikmikin, ishqilib, Aziz aka? -so'radi tovuwi titrab.
- Hozir bilamizda! - dedi Aziz owpichoqning qirrasini ewik tirqiwiga tiqarkan. Nihoyat ewik g'archillab ochildi. Aziz ichkariga bir qadam qo'ydiyu, qotdi-qoldi. Ko'ylagi yoqavayron, hamma yeri suvga bo'kkan Odil vanna ichida yonbowlagan ko'yi cho'zilib yotardi.
- Odil! - dedi Aziz og'aynisining yelkasidan ko'tarib. Odil indamadi. Aziz qattiq siltagandi, u waloplab yana vannaga tuwdi. Buni ko'rib, Kamola qichqirib yubordi.
- Tezroq "Tez yordam"ga tel qiling! - baqirdi Aziz jon holatda va wu zahotiyoq hayoliga kelgan fikrdan sergaklandi. - Yo'q, wowmang! Huwidan ketib qolganga o'xwaydi. Bu yoqqa chiqaraylikchi!
Wundan keyin ikkovlawib Odilni arang vannadan tortib chiqarib, polga yotqiziwdi. Aziz " Odil, Odil" deganicha uning yuziga wapatiladi. Yelkasidan uwlab silkitdi. Odilning bowi wilq etib bir u yonbowga, bir orqaga tuwayotganini ko'rib, tovonigacha muzlab ketdi.
"Nahotki o'lib qolgan bo'lsa..." Yawin tezligida kechgan bu fikrdan yuragi orqasiga tortib ketdi va hovliqqanicha tawqariga otilib chiqdi.
- Nima qildik? - so'radi Kamola chiroyli ko'zlarini ola-kula qilib. - "Tez yordam" chaqiraymi?
- Yo'q wowmang, - dedi Aziz titrab turgan barmoqlariga sigareta olarkan dami ichiga tuwib va wu zahoti hayolidan kechdi: "Keyin nima bo'ladi? Xo'w, bu yerda nima qilayotgan edilaring? Bu kimning uyi deyiwmaydimi? Qarabsizki, u yog'i tergov-so'roq. Yo'q, bunaqa iw mening obro'yimga to'g'ri kelmaydi..."
- Qo'rqib ketyapman, Aziz aka, - lablari titradi Kamolaning. - Bunaqada bo'lmaydiku, axir! Do'xtir chaqira qolaylik!
- Bowim qotib qoldi, - dedi Aziz barmoqlari bilan pewonasini paypaslab. Wu zahoti yana o'z-o'ziga dedi: "Kimsan, falon korxonaning rahbari Aziz Ahmedov... Oilali, bola-chaqali odam... Nima degan odam bo'laman... Begona bir xonadonga maiwat qilgani kelgandik deymanmi?!"
- Men ketaman! - yig'lamsiradi Kamola.
- Hech qayoqqa ketmaysiz, - dedi Aziz sovuqqina qilib. - Odilga nima bo'lganini tuwunaolmayapman. Soppa-sog' edi. Xo'p, ana, araq ichdi. Kayfi owib qoldi. "Muzdek suvda chayinib ol, yuz-qo'lingni yuv, o'zingga kelasan", deb vannaxonaga kiritib yubordim. Bu yog'i...
- Bu yog'i endi nima bo'ladi? - najot istagandek Azizning yuz-ko'zlariga mo'ltiradi Kamola.
Aziz indamadi. Keyin yalt etib Kamolaga qaradiyu, deraza yoniga bordi.
- Tezroq xonani yig'iwtiring, - dedi o'z-o'ziga gapirgandek. - Ketamiz.
Kamola ko'z ochib yumguncha ijaraga olingan uyni chinnidek qilib tozalab chiqdi. Aziz ewikka chiqib keldi. Hamma yoq jimjit. G'ira-wira qorong'u tuwa bowlagan edi. Wundan keyin Odilni yelkasiga opichlab tawqariga chiqdi. Kamola ewikni qulfladi. Aziz hansiraganicha Odilni orqalab, yo'l chetida turgan mawinasi tarafga yurdi. Orqa o'rindiqqa yotqizdi. Keyin wowganicha rulga o'tirdi. Yo'lga tuwdilar.
- Qayoqqa ketyapmiz? - so'radi Kamola hamon qo'rquvdan dag'-dag' titrab.
- Ko'ramiz. Yaxwiki, dugonangiz Gulya kelmadi. Yaxwiki, uy egasi, kampir yo'q. Ana unda ko'rardingiz tomowani! Kamola nozik yelkalari qaltirab, piqillab yig'lab yubordi.
- Endi nima bo'ladi, Aziz aka?
- Nima bo'liwi kerak? - wu tobda Kamolani ham, o'zini ham chalg'itiwga urindi Aziz. - Osmon uzilib yerga tuwibdimi? Odilning kayfi owib qolgan. Huwidan ketgan bo'liwi mumkin. Uyiga olib borib qo'yamizu ketaverami...
Kamola yelkasi owa orqa o'rindiqqa qarab qo'ydiyu, battar yig'lab yubordi. Endi uning qo'rquvi Azizga ham yuqdi. Ko'ngliga oralagan dahwatli fikrni quvmoqchidek, ichida "Xudo asrasin!" deb qo'ydida, bowqa og'iz ochmadi. Bunga wu tobda holi ham yo'q edi. Yarim yo'lga yetmaslaridan osmonning qaysi bir burchagida chaqmoq chaqib momaqaldiroq gumburladi, warros yomg'ir yog'ib quyib yubordi. Nihoyat, Odil yawaydigan waharning gadoytopmas bir burchagidagi sovuqdan-sovuq ko'p qavatli uylar yaqinida to'xtawdi. Ko'cha jimjit, hamma in-iniga urib ketgan, tinib-yog'ib turgan yomg'ir endi astoydil jalaga aylangandi.
Aziz Odilni opichlab, qo'ltiqlab uyi yaqiniga olib borib qo'yguncha terga botib ketdi. Dag'-dag' titraganicha qaytib kelib, yana rulga o'tirdi. Kamolaning so'roqlariga ham javob bermadi. Mawina tezlikni owirib, markaz tarafga wamoldek yelib ketdi... Aziz wu kecha uxlay olmadi. Tong oqarguncha xuddi yantoq ustida yumalab chiqqandek bo'ldi. Ko'zini yumdi, wu oqwom yuz bergan g'alati hodisa butun dahwati ko'z o'ngida namoyon...

Davomi keyingi qismda
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url Code color bg color


Комментарии
Всего: 0
На главную
stats24.ru-лучший топ рейтинг мобильных сайтовadultop.ruGEGTOP.RU - Топ рейтинг WAP сайтов!KatStat.ru - Топ рейтинг сайтовTOporn.su - Рейтинг порно сайтовSKYTPOP.US -  Рейтинг сайтов | Каталог сайтов