Привет, Гость!
Chat (2) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: "ALFONS_XUL1GAN" //New_PaGe//XD
(ogohlantirish!) aslida hech qanday ogohlantirish yoq chunchaki ogohlantirishimni sog'inganlar uchu...davomi
QIZINGIZNI ROXATDAN BAQIRISHINI ESHITMOQCHIMISIZ?
Библиотека | Boshqalar
1 2 3 >>

Ayol tarovati

Добавил:Князь (11.05.2016 / 05:57)
Рейтинг:rating 187278 article (0)
Прочтений:11564
Комментарии:Комментарии закрыты
Ayol tarovati.
---
Juftining yonida bir suyanch tirgak,
G’amni yo’liqtirmas bir lahza sergak,
Sevib sevilishga arzimoq uchun –
Ayoliga baxt berar haqiqiy erkak…
-----
Mana tonggacha uxlamay kutgan sas ham kela bosladi – soqchining qadam ovozlari, aslida har kunlik tap-tapning bu safargisi boshqacha.
- Maxbus Usmonov. Siz muxtaram Prezedentimizning Aminitsiya to’g’risidagi farmonlariga asosan ijobiy xulqingiz va uch yillik jazo muddattini namunali o’taganingiz uchun muddatidan avval ozod etilasiz…
Kameradoshim qariya Soli – “Otaxon” ikki qo’lini ochgancha duo qildi:
- Mardlik qilib shu yerga tushib qolibsan, “Mangus”, bu ham Xudoni bandasiga bergan bir sinovi Eson omon qutulyabsan. Endi bu yog’iga hech qoqilmagin Olloh o’z panohida asrasin, bolam.
Darvoza oldida turgancha atrofga boqaman: qarshimda yorug’ olam, orqamda ancha-muncha narsalarni o’rgatgan haqiqiy “maktab”. Yo’l bo’yida turgan qora Lacetti eshigi ochilib bir yigit men tomonga kela boshladi. Ko’zlarimga ishonmasdim: bu eng yaqin do’stim Axror edi.
- Do’stim,- quchoq ochgancha yugurib kelib belimdan ko’tarib chirpirak qildi. – Oxxo hamma o’zini oldirib chiqadi bu yerga tushgan odam derdi sen bo’lsang kurortda dam olib chiqqandaysan!
- O’zing qalaysan jo’rajon? Meni bilasanku hamma joyda imkon topaman. Bitta o’zing keldingmi: Erkin qani, kelmadimi? – deya uchinchimiz Erkinni so’radim.
- Uni ishi bo’lsa kerak qo’ng’iroq qilgandim javob bermadi, yur mashinaga. Shahargacha hali ancha yo’l: qorong’u tushmasdan yetib olaylik, yo’lda uch yilni qanday o‘tkaganingni aytib berasan…
Kun botar mahali o’sha o’zimga qadrdon uy ostonasiga yetib keldim – ichkaridagilarga bir syurpiriz bo’lsin, polvonim ham katta bo’lib qolgandir. Ex onamni boshqa joyga ko’chgani yaxshi bo’lmadida, ha mayli ertaga albatta diydor ko’rishaman deya eshik qo’ng’irog’ini bosdim. Uzoq uzoq jiringlashdan keyin eshik qiya ochilib menga tanish yuz ko’rindi, ammo bu kimsaning bu yerda bo’lishi o’ta kutulmagan holat edi. Bu odam “do’stim” Erkinboy edi. Miyamga xuddi kuchli nasosda suv tortilgandek qon guppilab quyila boshladi Eshikni shaht bilan itardim.
- Sssseeennn..hali an-cha borrr edi-ku. – duduqlagancha javob bera boshladi Erkin.
- Azizim, kim kelibdi? – yotoqxona eshigi tarafdan ovoz keldi shu mahal.
Eshikdan yarim yalong’och yelkasini yashirishga urinayotgan ayolning harakatlaridan endigina ustiga halatini ilganini bilib olish qiyin emas - Bularning nima ish bilan shug’ullanishayotgani ham kundek ravshan edi.
- Maraz! – yonimda turgan xunasani bir zarb bilan devorga yopishtirdim.
- Voy dod yordam beringlar, qotil erimni o’ldirib qo’yadi! – ichkaridan anavi alvasti dodvoy sola boshladi.
Katta katta qadamlar bilan ustiga bostirib borib uni ham bir tarsaki bilan siyladim.
- Mansur, o’zingni bos. – tashqari eshik oldidan Axrorni ovozi eshitildi.
Mashinada nega mendan ko’zini olib qochganini endi bildim – hammsidan xabari bo’lgan. Onamning ham uyni tashlab ketgani bekorgamas.
- Sen ikkalangni hozir...
- Nima? Nima qila olasiz? Uy meni nomimda qani tez bo’shatib qo’yingchi! Qamoqdan “zek” bo’lib kelib o’zingizcha mushtum zo’rlik qilasiz.. – alvasti yana tilga kirdi.
- Aziza, siz ham bas qiling. Hammasni hozir ichkarida janjalsiz hal qilamiz. – kasbi – tergochilikka xos jiddiy buyruq ohangida gap boshladi Axror meni yelkamdan tutgancha balkonga yetakladi.
- Hammasini tushunib bo’ldim, bolam qani?
- Hozir narigi xonada uxlayapti.
Negadir shuncha shovqin suronda ham uyg’onmagani meni hayratlantirdi:
- Nima qilding unga?
- Ozgina uxlatadigan ichirdim, hech narsa qilmaydi. – labidagi yoriqni ko’zguga solgancha ho’mrayib javob berdi.
Ichkari xonada kravatchasi ichida shiringina bo’lib uxlab yotgan mittivoyni ko’rdimu ortiq uning bu naxs bosgan botqoqda qoldirishni xohlamay quchog’imga oldim:
- Bola men bilan ketadi. Ertaga sudga ariza bergani bor…
- Xo siz hali bolamga qo’shib bor narsani tortib olib meni ko’chaga xaydamoqchimisiz? – Aziza “ilon” qo’limga tarmashdi.
- Nari tur mendan, foxisha. Agar shu uy-joyni istasang senlarga, menga bolam bo’lsa bo’ldi. Qolganini sudda hal qilamiz, Yoki ikkovingni ham hozir bo’laklab tashlayman!
Do’q po’pisam ta’sir qilganini bilmadimu lekin uyni o’ziga qolishini bilib qoniqish olgani ikkisining ham yuzidan ma’lum edi.

- Qayerga hayday? Yoki menikiga yur. – so’radi katta yo’lga chiqqach Axror.
- Opamnikiga hayda, yo’lini bilasanku? – qo’ynimda jimgina uxlab yotgan Ma’murga termuldim: Onasiga o’xshagan tiniq yuzli ammo burni va qoshi menikidek.
Bir yoshligida tashlab ketgandim, meni eslay olarmikin? Agar o’sha kun bo’lmaganda…
-----
Uch yil oldin.
Azizaning yaqin dugonasi tug’ulgan kunidan chiqdik. Ruldaman deyishlarimga qaramasdan oling oling deya qo’yarda qo’ymay oz-moz ichirishgani uchun sal kayfda edim. Shu sababli mashinamizda emas taksida ketishni Azizaga taklif qildim.
- Men ham bir praktika qilay, adajonisi. Nechi oydan beri “Avto-shkolo”ga qatnasam ham haydashga imkon bermaysiz. – nozlanib gapirishidan erib ketgancha kalitni unga tutdim.
- Mayli.
Yo’lda ketarkanman shayton suvi ta’sirini qildi: nigohim yonimdagi janonning bayramgaku deya kiyib olgan kaltagina ko’ylagi etaklari ostiga yashrina olmagan oppoqqina sonlar va kiyim torligi sabab yana ham bo’liq ko’rinayotgan siynalarga mixlandi. Hayolni ham hozir uyga yetgach boshlanajak visol band qildi.
Hammasiga nogoh bosilgan tormoz va kimningdir jon holatdagi chinqirig’I nuqta qo’ydi. Mashinadan sakrab tushdim: 6-7 metr narida bir kishi yotardi. Yoniga yaqinlashgach tez yordam chaqirish befoyda ekanligini tushundim: yerdagi odamning boshi huddi yorilgan tarvuzdek majaqlanib ketgandi.
Miyam yashin tezligida ishladi: tez borib rulda qaltirigancha o’tirgan Azizani mashina orqasiga o’tkazdim.
- Tergov qilishsa, rulda erim edi deysan tushundingmi? – shosha pisha gap uqtira boshladim.
- Nega? – es xushi o’ziga qayta boshlagan shekilli javob berdi.
- Bolamiz uchun, nima bo’lsa ham men javob beraman.
Tergov ham o’tdi, Sud ham. Baxtimga marhum ham o’ta ko’p miqdorda alkogol iste’mol qilgani ekspertiza orqali aniqlandi va shu mastlik sababli yo’ldan o’tish chog’ida cho’kkalab qolganligi ham. Bu narsalar qisman bo’lsa ham jazoni yengillatdi va 5 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilishdi.
Olib ketishayotgandagi dod voylar, onamning bo’ynimga osilib yig’lagani.
Kimlargadir haqiqiy sanatoriya, kimlargadir haqiqiy “do’zax” hisoblangan Zona men uchun bir maktab bo’ldi. Bu yerda ochiq dunyoda yurib o’rganmagan hayot saboqlarni oldim, o’zimda borlarini boyitdim. Yaxshiyam sport bilan muntazam shug’ullanganim: boshida Zona xo’jayinlari hisoblangan 3-4 kishi bilan rosa talashdik. Oxiri meni bir kishi - Kameradoshim negadir qomog’imizning eng mo’tabar ha ha eng mo’tabar kishisi hisoblanuvchi “Otaxon” – 70 yoshli qariya Soli o’z qaramog’iga oldi, agar sal yoshroq bo’lganda uni aniq “Mujik” deb laqablashardi. Uni ko’rganda eng ashaddiy “zek”lar ham o’rnidan turgancha qo’lini ko’ksiga qo’yib salom berar, soqchilar ham unga nisbatan
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2
1 2 3 >>

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url Code color bg color


Комментарии
Всего: 0
На главную
waplogСмотреть лучшее порноstats24.ru-лучший топ рейтинг мобильных сайтовadultop.ruGEGTOP.RU - Топ рейтинг WAP сайтов!KatStat.ru - Топ рейтинг сайтовFaptop.ru