Привет, Гость!
Chat (3) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: Sevimli ayolim !!! 1-qism
Salom aziz saytdoshlar mana bugun yangi hikoya sevimli ayolim deb nomladim .... Bundan 8-yil avval k...davomi
UZBer.Ru Shunchaki ajoyib sayt!!!
Библиотека | Boshqalar

Pulga Sotilgan Nomus.

Добавил:_ShaXNoZ_ (10.01.2020 / 16:17)
Рейтинг:rating 249932 article (0)
Прочтений:944
Комментарии:0
PULGA SOTILGAN NOMUS. Men ham barcha ayollar singari chiroyli kiyinishni, yaxshi yashashni orzu qilardim, biroqbu niyatlarimni amalga oshirish uchun pul zarur edi. Qo‘limda tayinli hunarimbo‘lmaganidan boshimni qaerga urishni bilmasdim.Maktabni bitirganimdanoq ota-onam birinchi kelgan sovchilarga rozilik berib yubordi. Tushgan oilam bizdan ko‘ra badavlatroq edi, shu narsa uydagilarimga juda xush kelgandi. Ammo xalqimiz bejizga «Teng-tengi bilan, tezak qopi bilan» demagan ekan. Oilamda hech kim,hatto erim ham mensimasdi, men ularga faqat cho‘ri edim. Keyinchalik bilishimcha, erim turmushidan ajragan bir juvon bilan yashar, menga esa nomiga, ota-onasining xizmatini qilish uchun uylangan ekan. Ertadan kechgacha qo‘lim ishdan bo‘shamas, yana ora-orada erimning ham tepkisini yerdim. Endi homilador bo‘lganimda navbatdagi tepkidan homilamni yo‘qotdim. Pichoq borib suyakka qadalgandan keyin ota-onamninguyiga qaytib keldim. Ammo bu yerda ham taskin topmadim. «Chiqqan qiz chihiriqdan tashqari» deganlari rost ekan. Qaytganim ota-onamga ham yoqmadi. Kelinoyimning qovohi ochilib, labiga tabassum yugurishi uchun ertadan kechgacha tinim bilmasdim. Biror joyga ishga kiray desam na diplomim, na biror hunarim bor.Shunday kunlarning birida chet elga borib ishlab kelgan qo‘shnimiz Xolnisa opa jonimga oro kirdi. Xolnisa opa pul topish uchun ko‘rsatgan “qahramonlik”lari haqida ohiz ko‘pirtirib gapirganida, unga havasim kelib, ko‘nglim sust ketdi.Xolnisa opa u joylarning jannat ekanini, hatto oddiygina massajchilar ham malikalardek hayot kechirishini aytib, agar men ham bosam, yaxshigina pul topishim mumkinligini aytdi. Massajchilik qo‘limdan kelmasligini aytgandim, bu ish men o‘ylaganchalik qiyin emasligini, xohlasam birpasda o‘rganib olishim mumkinligini tushuntirdi. Ko‘nglim biroz taskin topdi. Qaysi yo‘l bilan bo‘lmasin, pul topsam bo‘ldi deb o‘yladim.– Agar yana chet elga borsangiz meni ham olib keting, hamma shartlaringizga roziman, pul ishlasam bo‘ldi, – dedim Xolnisa opaga.Gaplarimdan u quvonib ketdi. Birorta qizni ergashtirib borsa, tanishlari mukofot puliberishiu paytda menga qoronhu edi.– Mayli, o‘zi qaytish uchun chipta olmoqchi bo‘lib turgandim, seni birga olib ketaman. Hoynahoy, puling bo‘lmasa kerak, ikkalamiz uchun chiptani o‘zim olaman. Borgandan keyin ishlab pul topsang, surishib ketarmiz, – dedi Xolnisa opa.Shunday qilib, Xolnisa opa bilan birga chet elga bordik. Qo‘nganimizda uning Nina ismli tanishi bizni kutib olib, ijara uyga joylashtirdi. Bir-ikki kunlik hordiqdan so‘ng Xolnisa opa “xizmat faoliyat”ini boshlash vaqti kelganini aytdi. Bu men o‘ylagandek oddiy massajchilik emasdi, balki fohishalik edi. Avvaliga Xolnisa opaga hech qachon bu yo‘lga kirmasligimni, orqaga qaytib ketishimni bildirdim.– Orqaga qaytaman deysanmi? Qaysi pulingga ketmoqchisan? Avval mendan olgan pulingni to‘lab qo‘y! – dedi u o‘shqirib.– Nomusimni sotib, pul topgandan ko‘ra, o‘lganim ma’qul,– dedim o‘pkam to‘lib.– O‘lging kelayotgan bo‘lsa, o‘laver! O‘liging ko‘chada qoladi, bu yerda senga hech kimning rahmi kelmaydi, – dedi Xolnisa opa sovuqqonlik bilan.O‘lish men o‘ylaganchalik oson ishemas ekan, qo‘limga arqon olishga oldimu, jon shirinlik qildi, jur’at qilolmadim. Shunday qilib, taqdirimga tan berdim. Avvaliga qilayotgan ishimdan nafratlangan bo‘lsam, bor-bora ko‘nikib ketdim.Har kuni erta tongdan Nina qo‘nhiroq qilar, yuvinib-taranib, maxsus yollangan taksida shahar chetida joylashgan saunalardan biriga yo‘l olardik. Saunada «massajchi» niqobi ostida bir kunda ikki-uchtadan mijoz qabul qilishga to‘hri kelardi. Harom yo‘l bilan topilgan pullar esa sauna egasi, Nina va qizlarning o‘rtasida teng taqsimlanib, hamma o‘z ulushini olardi. Sauna qo‘riqchilari to ish kuni tugamaguncha ketishimizga yo‘l qo‘ymasdi. Shu tariqa oradan ikki oycha vaqt o‘tgach, bir-ikki so‘m pul topgandan keyin uyga qaytishga qaror qildim.Har qalay pul olib kelganimni ko‘rgan akam bilan kelinoyimning chehrasi ochildi, ammo ulardan bupullarni qaysi yo‘l bilan topganimni yashirdim.
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url Code color bg color


Комментарии
Всего: 0
На главную
waplogСмотреть лучшее порноstats24.ru-лучший топ рейтинг мобильных сайтовadultop.ruGEGTOP.RU - Топ рейтинг WAP сайтов!KatStat.ru - Топ рейтинг сайтовFaptop.ruEBYTOP.RU - Топ рейтинг сайтов