Привет, Гость!
Chat (2) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: (БЛЕЙД1) dan TRILLER.
oilada ikki farzand bor edi. kottasi xosiyat kichigi zaynab. otaning bevakt ulimidan keyin yashash s...davomi
Библиотека | Boshqalar

"BaBy" 6 - songi qisim

Добавил:SaLoMcHa (21.11.2014 / 06:20)
Рейтинг:rating 96254 article (0)
Прочтений:6626
Комментарии:Комментарии закрыты
Mubina aqlini yig'ib olguncha oradan ikki soat o'tdi. U to'zg'ib ketgan hayollarini bir joyga jamlab, bog'dan chiqib keta boshladi. Bu vaqtda soat millar 17 ni ko'rsata boshlagandi. Yo'l o'rtasida parishon turib, ko'zlarini yumdi. Nafasi bo'g'ziga tiqila boshladi. Bu holat unga juda og'irlik qildi, yuragi ham qattiq sanchiq berardi. Tillari tinimsiz: "U ketdi, endi yo'q... U yo'q" derdi. Boshidagi ro'molini yulib oldi. Nafasi tiqilardi. Bu orada mashinalarning "biiip-biiip" degan signali avj olgandi. Shunda unining qo'lidan kimdur tutdi-yu, yo'l chetiga o'tkazdi. U shu kuyi yarim soat chamasi turdi-yu, uyi tomon yo'l oldi. Tillari esa hamon "U ketdi, u endi kelmaydi" deya telbavor pichirlardi.
Uyiga yetib bordi, tun bo'yi hayolchan, telbavor derazada ko'chaga termulib tongni bedor kutdi. Yo'q, kutmadi, shunchaki boshini yostiqqa qo'ya olmadi, ko'zlarini yuma olmadi. Uxlay olmadi. Qanday uxlasin, qanday uyqu ilinsin ishqdan porlagan ko'zlariga... Axir yolg'on dunyodagi yagona rosti ketib qoldi...
Soat tonggi uch atrofida Mubinaning telefoniga sms xabar keldi. U ham bedor... Uning ham ishqdan porlagan ko'zlariga uyqu ilinmabdi...
"Mubina, mani o'tmishingiz qiziqtirmaydi. Ko'zlaringizda o'zimni ko'rsam bas!!! Kelajakda vafoli rafiqa bo'lishga vada bera olasizmi?"
Mubina lol edi... Ko'zlariga ishonmadi... "Bu sms... Bu... Demak u ketmagan... U mani tashlab ketmagan... U ketmadi... U ketmadiiii...."
Mubina, divan ustida sakrab quyonchasini yuqoriga otib, bag'riga bosib, qo'shiq aytib o'ynardi: "U ketmagan!!! U ketmadi..."
Ertasi kuni Mubinalarning uyiga sovchilar keldi. Muhammadning onasi hamda qo'shnisi Hosiyat xola. Yakshanba bo'lgani uchun Mubina ham uyida edi. Sovchilar darvozadan kirdi-yu, ularga darvozada duch kelgan Nuriddin akani ko'rib toshdek qotib qolishdi.
-Nuriddin aka... -Muhammadning onasi hayratini yashira olmadi. -Siz...
-Gulbahor....
Hammasi yodga tushdi... Muhabbat, ishq, visol... To'y kuni ham bundan mustasno emas.
-Kechirasiz, biz boshqa joyga keldik...
-Yo'q, sen to'g'ri kelding!!! Sen Muhammadjonni onasisan a? Menga kecha aytgandi. Onam boradi degandi.
-Ha, kechirasiz, biz ketishimiz kerak. Opa yuraqoling! -ketishga shoshildi u.
-To'xtang!!! -eshikdan chiqib keldi Mubinaning oyisi. -Ketmang!!! Yetar shuncha yil azob ichra yashaganim.
-Nima??? -hayrat bilan ortiga o'girildi Nuriddin aka. -Qanaqa azob?
-Vijdon azobi... Siz qishlog'ingizga borib topolmay kelganingizning sababini men aytaman. Chunki men siz bu kishini unutishingiz uchun hamma xiylani ishlatdim. To'yimiz bo'lganidan 6 oy o'tib o'g'lingiz dunyoga kelgandi. Buni eshitib, halovatimni yo'qotdim. O'g'lingiz borligini bilsangiz ketib qolishingizni bilgandim. Shuning uchun qishlog'ingizga ikki odamni junatdim. Ular emizikli bolasi bor u ayolni olisdan olis bo'lgan qishloqlarni biriga ko'chib ketishiga majbur qilishdi. Do'q-po'pisa qilishdi. Yo'qsa bolasidan ayrilishini aytishdi. Noiloj ayol o'zga qishloqqa ko'chib ketdi.
-Nimalar deyapsan Mehribon???
-Gulbahor opa, eringiz sizga xiyonat qilmagan... Hammasini men badbaxt uyushtirganman. Muhammadjon Nuriddin akamga quyib qo'ygandek o'xshaydi. Chunki u bu kishining zurriyodi.Tomirida Nuriddin akmning qoni oqmoqda. Mubina esa zig'ircha ham o'xshamaydi, menga ham tortmagan. U ham dadasiga quyib qo'ygandek o'xshaydi.
-Bas!!! Nima deyotganingni bilasanmi? Muhammadjon meni o'g'lim???
-Ha, u sizni zurriyodingiz. Siz bizni tashlab ketganingizda u 3oylik edi. Hali dunyoni yuzini ko'rmagan bolangiz bo'la turib, siz o'zga ayol bilan menga xiyonat qilib ketgansiz...Men bolamni shu vaqtgacha aldab keldim... Otang o'lgan deb aldab keldim-ko'zidan yoshlari oqdi ayolni.
-Yo'q!!! Yo'q opa sizga zarracha ham xiyonat qilmagan... Men... men uyushtirganman hammasini. Mubina aslida umuman boshqa insonni farzandi....-yuziga kelib tushgan qattiq tarsaki gapirayotgan ayolni jim qildi.
-Nimalar deyapsizlar o'zi? Qanaqa boshqa inson? Axir aytganding-ku tug'ilgan kuning kuni mast bo'lib qolib... Men... seni...................
-Yo'q, bu tuxmat edi. Mubina 7oyligida tug'ilgandi. Agar esingizda bo'lsa, yo'q u aslida roppa rosa 9 oyda dunyoga kelgan. Hammasi yolg'on edi. Men yoshlik qilib qo'ygandim. Tayini yo'q bir yigitga ko'ngil qo'ygandim... Hammasi o'zingizga ayon. U xomiladorligimni bilib qolgach g'oyib bo'ldi. So'ng nima qilishimni bilmay qolgandim. Siz esa dadamning eng sevimli shogirdi edingiz. Dadam ish bilan xorijga ketishi bilan yolg'ondan tug'ilgan kun uyushtirdim. Sizni ham taklif qildim. Siz esa suv olib kelishimni iltimos qilgandingiz, men suvga kuchli dozadagi uxlatuvchi dori qo'shib olib keldim. Siz esa uni ichgach mudray boshladingiz...-u ko'p gapirardi ammo Nuriddin aka quloqlarini berkitib, "ovozingni o'chir!!!" degach bas qildi. Hammasi oydin. Yolg'onlar asiriga aylanishibdi hammasi.
Endi sizlarga ozgina tushuntirib o'tay. Nuriddin aka va Gulbahor opalar bir sinfda o'qishgan. Ular sevishib, turmush qurishgandi. To'ylari o'tgandan 4oy o'tiboq Mehribonning mashmashalari boshlandi. Mehribon Nuriddin akaga po'pisa qildi. Agar tezroq to'y qilib uylanmasa, hammaga sharmanda qilishini aytdi. Nuriddin aka noilojlikdan o'z xotinini tashlab ketib, Mehribonga uylanadi. Mehribonning dadasi ko'p o'tmay yurak xurujidan vafot etadi. Nuriddin aka esa uning boyliklariga merosxo'r bo'ldi. Qolgan voqealar esa o'zingizga kundek ravshan.
Hamma sukutda. Hammaning hayollari parishon. O'tkan kunlar kino tasmasidek ko'zlari oldidan o'taboshladi. Hamma afsusda. Ammo juda kech...
Shu vaqt darvozadan Muhammad kirib keldi.
-Assalomu Alaykum! Tinchlikmi?
-Ha bolam tinchlik, bizga qizlarini berisholmas ekan. Ketdik uyga.
-Yo'q! To'xtang Gulbahor opa. Bular bir-birlariga ko'ngil qo'yishgan. Yoshlarni qiynamaylik, kattalarni deb ozor chekishmasin!!! O'g'lim, qizimizni sizdek yigitga bermasak, kimga ham berardik.
-Tushunmadim, -eshik oldida tik qotdi u.
-Biz hammasini tushuntiramiz. -aybdorona bosh egdi Mehribon opa.
Shu vaqt zinadan ko'zlari qizargan Mubina tushib keldi. -Menga ham tushuntirib bering oyi!!! Dadam kim meni?
Muhammad hech narsaga tushunmay hammaga bir bir qarab chiqdi. So'ng Mehribon opa hammani mehmonxonaga taklif qildi. Hamma gap tushuntirildi. Hamma birgina yolg'onning qurboni bo'lgani kundek ravshan edi. So'nggi fikrni Muhammad aytdi:
-Nima bo'lishidan qat'iy nazar men Mubinaga uylanaman.
Ular ota-onalarini kechirishdi. Mubina kechirishni istamadi, ammo Muhammad har bir inson xato qilishini, taqdirda bu ham borligini tushuntirdi. To'ylari bo'lib o'tdi. Muhammad boshqa firmaga ishga o'tdi. Hayotda uning ham otasi borligidan sevindi. Mubina me'rosdan vos kechdi. Nuriddin aka umri davomida yiqqan terganlarini esa bolalar uyiga hadya sifatida o'tkazdi. Xullas, ertaklarda aytilganidek, murod maqsadlariga yetishdi. Ammo Nuriddin aka turmush o'rtyog'ini kechira olmadi. Keyingi hayotida unga hech qachon yaxshi muomalada bo'la olmasligini ta'kidladi. TAMOM.
E'tiboringiz uchun tashakkur!!!
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url Code color bg color


Комментарии
Всего: 0
На главную
waplogСмотреть лучшее порноstats24.ru-лучший топ рейтинг мобильных сайтовadultop.ruGEGTOP.RU - Топ рейтинг WAP сайтов!KatStat.ru - Топ рейтинг сайтовFaptop.ruEBYTOP.RU - Топ рейтинг сайтов