Привет, Гость!
Chat (0) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: Maslahat berila.
Tog'risi o'ylanip o'ylanip yozishka qaror qildim iltimos sokinmastan maslahat beringlar man 96-yilma...davomi
Библиотека | Zo`rlashlar | Oshkora qotillik qissasi (qissa)
<< 1 2 3 4 ... 28 >>
Otasi uch yil avval toʻsatdan qazo qilgan va onasi bilan soʻppayib qolgach ham mash’um roʻzi dushanbada oʻldirilgunga qadar ham u saodat nashidasini surib yurgan edi. Onasining nozikfahmliligi unga ham yuqqandi; otasi esa, unga bolaligidanoq miltiq otishni, chavandozlikni, shikor qushlari bilan ov qilishni, eng muhimi, mardlik va jasurlikni oʻrgatgandi. Ota-bola oʻzlaricha arab tilida soʻzlashishar, Plasida Linero yonlarida turganda suhbatdan u ham bebahra qolmasin deya ispanchada gapla-shar edilar. Bu atrofda ularning qurol koʻtarib yurganini faqat bir gal lochin bilan ovlangan qushlarni olomonga koʻz-koʻzlash uchun xayriya bozoriga olib kelishganini aytmasa biron jonzot koʻrmagan. Otasining oʻlimi Sant'yago Nasarning oʻrta maktabni tugatib, oʻqishni davom ettirishiga yoʻl qoʻymadi va qoʻrgʻondagi mol-holga qarashga majbur boʻldi. U tabiatan koʻngli ochiq, quvnoq, xushfe’l yigit edi.

Oʻsha mash’um kun onasi oʻgʻlinipg boshdan-oyoq oppoq kiyinganini koʻrib, bugun dushanbamas-ku, bolaginam kunni adashtiribdi-da, deb oʻylagan. «Bugun dushanba emas, deb eslatdim ham», dedi menga. Shunda u bayramlik liboslarini yepiskop tashrifi munosabati bilan kiyganini, xudo xohlasa, hazratga yukunib, uzugini oʻpishga muyassar boʻlish ehtimol borligini aytgan. Bu gap onasining gʻashiga tegib:
— U kemadan pastga tushmaydi, ovora boʻlma, — degan ona oʻgʻliga, — hamishagiday, kema sahnida turgan koʻyi somelarni duo qiladi-da, yana kelgan joyiga joʻnab ketadi. U zot shahrimizni yomon koʻradi.

Sant'yago Nasar onasining gapi toʻgʻriligini bilardi, ammo cherkovning tantanali marosimi, olomonning shov-shuvli taraddudi aqlu hushini oʻgʻirlab qoʻygandi. «Xuddi kinodagiga oʻxshaydi», degan edi u menga oʻshanda. Yepiskopning tashrifi ham, xaloyiqning ommaviy ibodati ham onani qiziqtirmas, faqat oʻgʻlining ertalab yupun kiyinib koʻchaga chiqqaniyu shamollab qolishidan choʻchirdi: oʻgʻli kechasi uxlab yotganda aksa urganday tuyulgandi unga. Bolam, soyaboningni ol, deganda ham beparvo qoʻl siltab, xonadan chiqib ketavergandi. Oʻgʻlini oʻshanda soʻnggi bor koʻrib turishi edi.

Oshpaz xotin Viktoriya Gusmanning tasdiqlashicha, oʻsha kuniyam, butun fevral' oyidayam yomgʻir yogʻmagan. «Aksincha boʻlgandi, — dedi u bir gal, oʻlimidan sal avval yoʻqlab borganimda, — erta tongdanoq — oq quyosh qizdirar, kunlar xuddi avgustdagiday issiq edi». Sant'yago Nasar oshxonaga kirganda, u tushlikka pishirgani uchta quyonning goʻshtini nimtalar, atrofida ochofat itlar soʻlagini oqizganicha aylanishar edi. «Ertalablari uning afti tunda koʻz yummagan kishining yuziday horgʻin boʻlardi», esladi Viktoriya Gusman yigitga hamon nafrati borligini yashirmasdan. Uning qizi Divina Flor — Jannat Guli, endi-endi ochila boshlagan gulgʻunchaday qiz — shakarsiz qahvaga rom qoʻshib, banddor piyolada Sant'yago Nasarga uzatdi. Odatda u har dushanbada bu ishni takrorlar, romli qahva yigitning kechagi ichkilikvozlikdan boʻshashib, kuchsizlayagan jismu joniga mador bagʻishlar edi. Oshxonadagi katta oʻchoqda alanga chirsillab-shivirlar, baland qoʻnoqda tovuqlar hamon mudrashar, qisqasi, odatiy sirli hayot davom etardi. Sant'yago Nasar yana bir dona boshogʻriq dorini yutib, qahvani maydalab icharkan, oʻy surgan koʻyi, toshtaxtada quyonning ichak-chavagʻini tozalayotgan ikkita jonondan koʻz uzmay oʻtirardi. Viktoriya Gusman, yoshi oʻtinqiragan boʻlsa-da, hamon dilbar edi. Qiz bir muncha gʻoʻr va oʻjar koʻrinar, yoshlik ehtirosi va jununi koʻpirib turgan qoni tomirlariga sigʻmay joʻshib, rangiga urib, nafasini siqib qoʻyayotganday tuyulardi. Qahvadan boʻshagan idishni olgani kelganda, Sant'yago Nasar uning qaynoq bilagidan mahkam tutib:
— Seni ayni jilovlab, minadigan payt keldi-da! — dedi qizga zinokor nigohini tikib.

Viktoriya Gusman unga qon yuqi pichoqni oʻqtalib:
— Qoʻyvor uni, yaramas oʻlgur! — dedi xoʻmrayib. — Koʻzim ochiq ekan, bu buloqqa tumshugʻingni tekkizolmaysan!

Ibrohim Nasar, Sant'yagoning otasi, Viktoriya Gusmanni qizlik mahalida avrab, buzib qoʻygandi. Qoʻrgʻondagi otxonada u bilan bir necha yil yashirincha uchrashib, ayshini surib yurdi va ishqi susayib, hovridan tushgach, uyiga xizmatkorlikka oldi. Divina Flor Viktoriyaning soʻnggi jazmanlaridan orttirgan tanho zuryodi edi. Qiz ham Sant'yago Nasar uni bir kunmas-bir kun bagʻriga bosishini, qismati qon yigʻlaydigan koʻrpa aynan shu goʻshada toʻshalajagini oldindan sezib yurar, koʻnglida oʻshanday sirli kechani istovchi mayl uygʻongan edi. Keyinroq uni koʻrganimda, oʻynashlaridan orttirgan bolalari oʻrtasida semizlikdan pishillab, gʻamgin oʻtirardi, u menga: «Vodarigʻ, endi unday yigitni bu dunyo qayta koʻrmaydi!» dedi. Onasi Viktoriya Gusman esa gapini boʻlib: «Yashshamagur otasining quyib qoʻyganday oʻzi edi, rasvoi raddibalo edi!» dedi. U, quyonning hovuri koʻtarilib turgan ichak-chavagʻini shartta sugʻurib olib, itga tagalaganida, Sant'yago Nasarning qattiq qoʻrqqanini eslarkan, ovozi titrab ketdi.
— Koʻpam vaxshiy boʻlma, — degandi u juvonga. — Tanangga bir oʻylab koʻr: shu quyonmas odam boʻlsa, nima qilarding?!

Himoyatsiz darrandayu parrandalarni ovlab, oʻldirib yurgan yigitning noxos hayajonga tushganini anglaguncha Viktoriya Gusmanning umridan yigirma yil oʻtdi. «Yo rab! — dedi oʻshanda vahimadan titrab. — Nahotki, u alomati gʻayb, ajal elchisining daragi boʻlgan edi!» Inchunun, qotillik roʻy bergan oʻsha tongda, oshpaz xotin azbaroyi gʻazablanganidan Sant'yago Nasarning nonushtasini zaharga aylantirish uchun quyonlarning qonli ichak-chavagʻini yulib-yulqib, itlarga basma-bas otavergan. Alalxusus, yepiskop tushgan kemaning bandargoh tomondan quloqni qomatga keltirib ovozi eshitilgach, butun shahar uygʻonguncha ahvol shunday edi.

Nasarlarning uyi avval ikki qavatli omborxona boʻlib, devori randalanmagan taxtalardan tiklangan, tomi ikki tarafi nishob, ruxlanmagan tunuka bilan yopilgan, tom tepasidagi kaptarxonada xudoning yaratgan kuni oʻlimtikxoʻr quzgʻunlar gʻujgʻon oʻynab, bandargohda yigʻnalgan axlatning toʻqilishini kutib yotishar edi. Imorat ancha eski zamonlarda, daryoda kemalar bemalol suzadigan, dengiz qayiqlari ham botqoq oʻzanni bexavotir aylanib oʻtib, shaharchaga kira oladigan paytlarda tiklangan edi. Navbatdagi ichki urushlardan biri tugaganda, arablarning soʻnggi bir guruhi safida bu makonga Ibrohim Nasar ham boshi oqib kelib qolgan, daryo oʻzanini oʻzgartirib, kemalar dengizdan bandargohga yoʻnalmay qoʻyganidan omborxonalar keraksiz makonga aylangan edi. Ibrohim Nasar imoratni suv tekinga xarid qildi, asli bu yerda xorijiy mollar sotiladigan doʻkon ochmoqni oʻylagandi, afsuski, niyati amalga oshmadi. Uylanish taraddudiga tushgach, uyoq-buyogʻini tuzatib-bezatib, omborxonani uy qilib oldi. Pastki qavat mehmonxona boʻldi, uy orqasiga esa, toʻrtta otga moʻljallangan otxona va xizmatkorlar yashaydigan kulba, shuningdek, derazasi doimo koʻlmak suv hidi kelib turadigan bandargoh tarafga qaratib oshxona qurildi. Qaysidir bir halokatga uchragan kemadan yodgor qolgan aylanma zinagina ta’mir etilmadi, imoratning boshqa hamma joyiga Ibrohim
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2
<< 1 2 3 4 ... 28 >>

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url Code color bg color


Комментарии
Всего: 0
На главную
adultop.ruKatStat.ru - Топ рейтинг сайтовstatok.top