Привет, Гость!
Chat (1) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: zohida blan kafeda
hammaga salom bu meni hayotimda bolgan real voqea hullas kafeda iwlardim uyim uzoqligi uchun kafeda ...davomi
Библиотека | Zo`rlashlar | Oshkora qotillik qissasi (qissa)
<< 1 ... 26 27 28
Uyiga qochib kirib, qazodan qutulmoq uchun Sant'yago Nasarga atigi ikki soniyagina kerak edi, xuddi shu fursatda eshik yopib qoʻyilgandi. U bir necha bor eshikni mushtlab, itarib koʻrdi, najot yoʻqligini anglab, dushmanlarni yuzma-yuz qarshilash maqsadida darhol orqasiga oʻgirildi. «Uning roʻparamda turganiga koʻzim tushgan zahoti qoʻrqib ketdim, — dedi menga Pablo Vikario. — U nazarimda asliga nisbatan ikki baravar kattarib ketganday tuyuldi». Pedro Vikario birinchi boʻlib uning oʻng tarafidan tikkasiga pichoq solgan, u zarbani qaytarmoqqa taraddudlanib, qoʻli bilan himoyalanmoqqa intilgan.
— Qanjiqlar! — deya qichqirgan soʻng Sant'yago Nasar.

Pichoq oʻng qoʻlining kaftini tilib, biqiniga bor boʻyi sanchilgan. Hamma uning:
— Vo-oy, onajo-o-o-on! — degan faryodini eshitgan. Pedro Vikario, berahm salloh, pichogʻini sugʻurib olib, yana oʻsha joyga qaytadan tiqqan. «Ikkinchi bor tigʻ urgach ham pichoqning top-tozaligicha qaytib chiqqanini koʻrib, hayron qoldim, — degan tergovchiga. — Men unga yana uch marta tigʻ urdim, pichoqqa bir tomchiyam qon yuqmadi». Ikkinchi zarbadan soʻng Sant'yago Nasar qornini ushlab, yarador buzoqday boʻkirib, ingranib egilgan-da, sallohlarga orqasini oʻgirib, oʻzini olib qochmoqchi boʻlgan. Yatagʻan pichoq tutgan Pablo Vikario uning chap yonida turgandi, shu damda u yigitning qoq beliga pichoq sanchdi, uning badanidan otilib, toshib oqqan qon oppoq koʻylagini qizilga boʻyadi. «Koʻylagidan ham, qonidan uning hidi kelardi», dedi menga Pablo Vikario. Uch bor qattiq tigʻ yeb, fano ostonasiga borib qolgan Sant'yago Nasar tagʻin xunrezlar sari yuz burdi-da, onajonisi bilmasdan beixtiyor yopib qoʻygan eshikka tislanib borib, goʻyo qassoblar uni soʻyib-soʻyib, osonlikcha jonini olib qoʻya qolishlarini istaganday majolsiz turib qoldi. «Soʻng u ortiqcha oʻkirmay qoʻydi, — degan Pedro Vikario tergovchiga. — Aksincha, nazdimda u endi kulayotganga oʻxshardi». Odamkushlar Sant'yago Nasarni eshikka qisib olib, ikki tomonidan basma-basiga pichoq uraverishgan, dahshatu vahshiyat ichra nestlanib, ne qilayotganlarini-da unutishgan, bu qattollikdan qattiq ta’sirlangan olomonning vahimali nidosini ham eshitishmagan. «Men oʻshanda oʻzimni xuddi otda uchib borayotganday his etdim», dedi Pablo Vikario. Nihoyat, ular toliqishib, birdan hushyor tortishgan, ikkovigayam Sant'yago Nasar hech qachon oʻlmaydiganday, yiqilmasdan shunday turaveradiganday tuyulgan. «E, har kimniyam shunaqa rasvo ishdan asrasin, ogʻayni, — dedi menga Pablo Vikario. — Odam oʻldirish — eng ogʻir ish ekanini tasavvur kilolsayding?!» Oxiri Pedro Vikario Sant'yago Nasarning yuragiga pichoq urib yiqitib, qutulib qoʻya qolay, degan oʻyda, choʻchqa soʻyayotganida hayvonning qoʻltigʻi ostidagi yuragiga tigʻ sanchib oʻrganganidanmi, yigitning qoʻltigʻiga pichoq solgan. Birodarlar biri qoʻyib, biri urib eshikka suyab turishgani uchun Sant'yago Nasar yiqilmagan. Toqati toq boʻlgan Pablo Vikario boyaqishning qorniga pichogʻini suqib, burab-burab yuborgan, shunda uning yorilgan qornidan ichak-chavagʻi tashqariga otilib chiqqan. Pedro Vikario ham akasiga taqlid qilib qurbonning qornini moʻljallab zarb bergan, ammo qoʻllari qoʻrquvdan titrab, oʻziga boʻysunmay qoʻygani uchunmi, pichoq yigitning sonini tilib oʻtgan. Sant'yago Nasar yana bir muddat eshikka osilganicha tek turgan, soʻngra, quyosh shu’lalari tushayotgan, yorilgan qornidan ajralib chiqqan koʻkimtir, top-toza ichak-chavagʻini koʻrib, tizzalab yiqilgan.

Plasida Linero jigargoʻshasini chaqirganicha yotokda aylanib yurib, kimningdir — oʻgʻlining emas — qichqirganini eshitganu derazadan maydonga qaragan: cherkov tomonga qochib ketayotgan aka-uka Vikariolarni, ularni quvib borayotgai miltiqli Jamil Shayyum hamda bir gurux qurolsiz arablarga koʻzi tushgan. U xavf-xatardan qutulibmiz, deya oʻylagan, keyin yotoqxonaning peshayvoniga oʻtganu uyga kiraverishda yuztuban stgan oʻgʻlini koʻrgan. Sant'yago Nasar chang-toʻzonga, qora qoniga belangan yuzini yerdan uzib, zoʻrriyatla oʻrnidan turmoqqa urinar edi. Nihoyat, u oʻrnidan turib, qaddkni rostlab, osilinqiragan ichak-chavagʻini hovuchlaganicha yura ooshlagan. Hovlini aylanib oʻtib, oshxona eshigidan uyga kirish uchun rosa yuz qadamcha yoʻl bosgan. Oʻsha holatdayam fikri ravshan boʻlgan, koʻchadagi yoʻl uzoqligiga, qoʻshnikidan aylanib oʻtish qulayroq ekaniga aqli yetgan. Ularning hamsoyasi Poncho Lanao, xotini, besh bolasi uylaridan yigirma odim narida boʻlayotgan ishlarni bilishmagan. «Biz gʻala-gʻovurni eshitdik, — dedi xotin menga, — ammo odamlar yepiskopni kutib olishyapti shekilli, deb oʻyladik». Qonqushiga boʻyalgan Sant'yago Nasar ularnikiga kirib borganida endigina nonushtaga oʻtirishgan ekan. «Men oʻshanda dimogʻimga urilgan badboʻyni hecham unutolmayman», dedi menga Poncho Lanao. Uning toʻngʻich qizi Arxenida Lanaoning ta’kidlashicha, Sant'yago Nasar odatdagiday tekis, zalvorli odim tashlab kirib borgan, uning qadimiy saratsin qavmiga xos yuzi, jingalak sochlari bagʻoyat xush, goʻzal boʻlgan. Yigit ular oʻtirishgan stol yonidan oʻtayotib jilmayib qoʻygan, soʻng orqa eshikdan chiqib kstgan. «Qoʻrqqanimizdan toshday qotib qoldik», dedi menga Arxenida Lanao. Xolam Venefrida Markes oʻshanda oʻzining daryo boʻyidagi hovlisining yalangida baliq tozalayotgan ekan. U Sant'yago Nasarning langargohdagi zinalardan pastga tushayotganini, uyi tomonga yoʻl olganini koʻrgan.
— Sant'yago, bolajonim! — deya kechirgan u. — Senga nima qildi-a?

Sant'yago Nasar uni tanigan.
— Meni soʻyishdi, oʻldirishdi, Vene xola, — deya javob bergan u.

U eng soʻnggi zinaga qoqilib ketgan, biroq darhol oʻzini oʻnglab olgan. «Hatto ichagiga yopishgan tuproqni erinmay artib tashladi», dedi menga Vene xola. Keyin u ertalabki soat oltidan beri ochiq turgan orqa eshikdan uyiga ostona xatlab oʻtganu jonsiz holda yuztuban yiqilgan
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2
<< 1 ... 26 27 28

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url Code color bg color


Комментарии
Всего: 0
На главную
adultop.ruKatStat.ru - Топ рейтинг сайтовstatok.top