Привет, Гость!
Chat (0) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: @ZAMONAVEY KELIN [email protected]
Замонавий Келин Салом!!! Йигит йуллади салом, Киздан келди хуш калом, Дружбалар ташладилар, Дуст бул...davomi
Библиотека | Zo`rlashlar | Oshkora qotillik qissasi (qissa)
<< 1 2 3 4 5 ... 28 >>
Nasar qoʻl urib chiqdi. Avval bojxona mahkamasi boʻlgan ikkinchi qavatni ikkita yotoqxonaga, tugʻilajak bir gala bolalariga moʻljallangan beshta kichik-kichik xonalarga aylantirdi. Bundan tashqari, pastda — maydonda oʻsgan bodom daraxtlarning naq ustida qad kergan yogʻoch peshayvonni ham oʻzi tikladi; eridan ajralib yolgʻiz qolgan Plasida Linero mart oqshomlarida, judolik alamini yengillatish dardida, xuddi shu peshayvonga chiqib oʻtirardi. Ibrohim Nasar binoning kungay tomonidagi koʻcha eshikni tuzatib, ikkita oyna solinadigan koʻz yasattirdi va girdini oʻymagul soldirib bezatdi. U imorat ortidagi yoʻlakni ham avvalgi holicha qoldirgan, faqat eshik peshburunini sal yuqori koʻtarib, otliq odam oʻta olishiga moslagan, hatto eski langargohdan ham foydalanish yoʻlini topib qoʻygan edi. Xullasi kalom, asosan orqa eshikdan yurilardi: u orqali oshxonagayam, molxonagayam chiqilar, eng muhimi, maydonni kesib oʻtilmasada, yangi bandargohga chiqish mumkin edi. Koʻcha eshik bayram kunlarigina ochilardi, boshqa paytda mudom tambalangan boʻlardi. Shunga qaramay, Sant'yago Nasarni oʻldirmoqqa chogʻlangan qotillar serqatnov orqa eshik yonida emas, aynan shu koʻcha eshik roʻparasida uni poylashgan, ajal yetaklaganmi, bilmadim, u ham yoʻl aylanmaligini bila turib, xuddi shu koʻcha eshikdan yepiskopni kutishga oshiqqan. Shundayin mash’um, ayqash-uyqash voqealar roʻy berganki, eshitgan har qanaqa odamning aqli shoshib qoladi. Rioachidan yetib kelgan tergovchi, aftidan, biror narsani sezgan shekilli, oʻsha falokatli va uyqash hodisalarga rasman e’tibor qilmaganday tuyulsa-da, ularni oʻzicha sharhlashga, tafsir etishga uringani tergovnomadagi ba’zi sahifalardan ochiq-oydin koʻrinib turardi. Guvohlar maydon yoqqa ochiladigan koʻcha eshikni eslagan mahalda tergovchi bu tafsilotga alohida urgʻu berib, xuddi oldi-qochdi asarlardagi kabi «mash’um eshik» degan iborani yozib qoʻygan. Aslida esa, bu ajib tafsilotga oid birdan-bir toʻgʻri va diqqatga molik gapni tergovchining savollariga javob berayotib, Plasida Linero aytgan: «Mening oʻgʻlim bayramlik kiyimini kiyganda, hech qachon koʻchaga orqa eshikdan chiqmagan», degan u chin onalik shahodati bilan. Bu dalolat shu qadar sodda va joʻn ediki, tergovchi uni hoshiyaga yozib qoʻya qolgan, sud ishi hujjatlariga kiritmagan.

Viktoriya Gusman soʻrokda: oʻlaman sattor, hech narsani bilmayman, men ham, qizim ham Sant'yago Nasarni oʻldirish niyatida kimlardir poylayotganidan mutlaqo bexabar edik, deya sarkashlik qildi. Biroq u, yillar oʻtgach, yigit oshxonaga qahva ichgani kirishidan avvalroq uning joniga qasd etilganidan oʻzi ham, qizi ham xabardor boʻlganini tan olib gapirdi. Ertalab soat beshlarda sut soʻrab kirgan bir xotin ularga bor gapni, suiqasd sababini va sallohlar uni qayerda kutib turishganini aytgan. Viktoriya Gusman menga: «Bu shov-shuv mast-alastlarning aljirashidir-da, deya oʻylab, unga aytib oʻtirmagandim», dedi. Divina Flor esa, uni onasi oʻlganidan keyin yoʻqlab borganimda, tong qolarli haqiqatni aytdi: «Onam koʻnglida Sant'yago Nasarning oʻlimini tilaganim uchun ham suiqasdchilar poylayotgani xususida menga ogʻiz ochmagan». Oʻshanda Divina Flor harqalay yosh, diydasi qotmagan bir qiz edi, buning ustiga, azbaroyi qoʻrqib ketganidan oʻzicha biror tadbir koʻrishga aqli yetmagan; yigit qoʻlidan ushalaganda esa, battar vahimaga tushgan va tasavvurida uning qoʻllari murdanikiday sovuq, toshday qattiq tuyulgan.

Tong gʻira-shirasida, yepiskop kelayotgan kema gurillab ovoz berayotgan chokda, Sant'yago Nasar katta-katta odimlab uyidan chiqqan. Divina Flor eshikni ochiga niyatida oldinga chopgan; uni yonlab oʻtaman deb, oshxonadagi qush qafaslariga urila-surila, chetandan toʻqilgan jihozlar va qirqquloq butalari oralab koʻcha engak tomon oshiqqan, ammo loʻkidonni tushirishi bilanoq Sant'yago Nasar qizning yoniga yetib kelgan va u qirgʻiy panjasida qolgan. «Badanimni xamirday ezgʻilab tashladi, — dedi menga Divina Flor. — Koʻpincha u meni xilvatda yolgʻiz tutib, bagʻriga bosib, ezgʻilagani-ezgʻilagan edi; lekin oʻsha kuni avvalgiday hadiksiramasdim, bezillamasdim, balki dahshat vahmidan boʻzlagim kelardi». Qiz uning bagʻridan boʻshalib, nari surilib, ochiq eshikdan uni oʻtkazib yubordi va tashqarida, maydonda qorday oppoq gullagan, sahar yogʻdulari aro shaffof porlab turgan bodom daraxtlariga koʻzi tushdi, kamoli hayajonlanganidan boshka yoqqa nazar solishga madori yetmadi. «Oʻshanda kemaning tovushi tinib, xoʻrozlar qichqira boshlagandi, — davom etdi Divina Flor. — Xoʻrozlar ovozi shunday kuchli, quloqni kar qilgudek shovqinli ediki, shahrimizda parranda shunchalik koʻpligini aqlimga sigʻdirolmay, bu xoʻrozlar yepiskop bilan kemada olib kelingandir, deb oʻyladim». Guvoh Plasida Lineroning yozgʻirishicha, oqsoch qiz oʻziga hech qachon nasib etmaydigan bu yigitga qilishi lozim boʻlgan birdan-bir yaxshilik — loʻkidonni solmay, eshikni ochiq qoldirish edi; shunda u, asqotgan taqdirda, darrov uyga kirib, xavfdan qutular edi. Noma’lum kimsa — uning shaxsini aniqlay olishmagan — ostonaga xat tashlab ketgan, unda Sant'yago Nasarni suiqasddan boxabar etilib,uni kimlar, qachon va qayerda oʻldirmoqchiligi batafsil koʻrsatilgan. Sant'yago Nasar uydan chiqayotganda ham maktub yerda yotgan, ammo yigit payqamagan; unga Divina Florning ham koʻzi tushmagan, umuman, xatga hech zot e’tibor bermagan, odamkushlik amalga oshirilgach, anchadan keyingina uni koʻrishgan.

Soat olti, koʻchalarda chiroqlar hamon yoniq. Bodom gaoxlarida, ba’zi uylar peshayvonida toʻy munosabati bilan osilgan, rangin qogʻozlardan yasalgan gulchambarlar sollanadi, dabdurustdan koʻrgan kishi gulchambarlarni yepiskop sharafiga osilibdi, deb oʻylashi mumkin. Ibodatxona ayvoniga tutash, toʻrtburchak tosh yotqizilgan maydon sahnida mashshoqlarga moʻljallab taxtasupa yasalgandi, supa kechagi olomon sayldan keyin boʻsh shishalaru turli nishxoʻrd — chiqindiga toʻla axlatxonaga aylangandi. Sant'yago Nasar koʻchaga chiqqanda, kema ovozini eshitib, bir necha kishi bandargoh tomon chopib ketayotgandi.

Maydondagi barcha mahkamalaru uylarning eshigi berk, faqat cherkov yaqinidagi sut doʻkonigina ochiq, Sant'yago Nasarni soʻyishga qasd etgan qosidlar uni xuddi oʻsha yerda poylashayotgan edi. Uni dastlab sut sotuvchi xotin Klotil'de Armenta koʻrgan, tonggi tiniq shu’lalarda yigitning oppoq kiyimi unga alyumindan tikilganday tuyulgan. «U koʻzimga oq-yaltiroq libos kiygan arvohday koʻrindi», dedi u menga. Qosidlar roʻznomaga oʻrogʻliq pichoqlarini mahkam quchoqlagancha peshtaxta tagida uxlab yotishardi. Klotil'de Armenta ularni uygʻotib yuborishdan choʻchib, nafasini yutib, damini chiqarmay lol turardi.

Qosidlar — egizak Pedro va Pablo Vikario — yigirma toʻrtga kirgan, bir-biriga ikki tomchi suvday oʻxshash yigitlar edi. Tergovchining hisobotida: «Koʻrinishi xunuk boʻlsa ham, fe’li, muomalasi yaxshi ekan», deb yozilgan. Men ham, ikkovini maktabda oʻqib yurgan paytlaridan biladigan odam sifatida, xuddi shu gapni aytgan boʻlardim. Ular kecha toʻyda kiyishgan, bizning Karib dengizi qirgʻoqlaridagi
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2
<< 1 2 3 4 5 ... 28 >>

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url Code color bg color


Комментарии
Всего: 0
На главную
adultop.ruKatStat.ru - Топ рейтинг сайтовstatok.top